O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining tekshiruv jarayoni boshlandi

Photo: Getty Images
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilishi kutilayotgan Xitoy vaksinasining umidbaxsh ekanligini ta'kidlagan va «Bir nechta vaksina sinovini parallel ravishda o‘tkazish – davr taqozosi», – degan edi.
Joriy yilning 21 oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2020 yil 19 noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi davlat markazi tomonidan qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda Davlat markazining Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu vaksina klinik tadqiqotlarining birinchi va ikkinchi bosqichlar hujjatlari ekspertizasi, shuningdek, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Vaksina, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi hamda Farmako-toksikologik laboratoriyada vaksinaning sifat nazorati tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Ta'kidlash joiz, barcha amalga oshirilayotgan ishlar SSV nazoratida.
Tekshiruvlar ijobiy yakunlanganidan so‘ng, davlat markazi va Etika qo‘mitasining ijobiy xulosasiga muvofiq, vaksinaning uchinchi bosqich klinik tadqiqotlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi hal etiladi, – deya xabar bergan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03
-
Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor
Jahon | 22:56
-
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
O‘zbekiston | 22:13
Mavzuga oid

13:46
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

15:17 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat

18:16 / 12.03.2025