“Sirdaryo xabarlari” ma'lumotiga köra, şaxsi oçiqlanmagan haydovçining boşqaruvni yöqotişi oqibatida avtotransport vositasi uşbu gaz quvuriga borib urilgan va natijada gaz quvurida avariya holati yuzaga kelgan.
Şu vaqtning özida şahar hokimligi hamda “Şirinşahargaz” gaz ta'minoti korxonasi xodimlarining sa'y-harakatlari natijasida muammo joyida va öz vaqtida bartaraf etilgani aytiladi.
Şu munosabat bilan gaz ta'minoti butun şahar böylab soat 3:00dan 9:00gaça uzib qöyilgan.
Kun.uz muxbiri mazkur vaziyat yuzasidan Şirin şahri hokimligi bilan boğlanib izoh oldi:
"Gaz öçib qolgaç, ulagandan keyin darrov yoqilsa xonadonlarda qanday vaziyat yuz berişini taxmin qiliş qiyin. Şuning uçun, avariya oqibatlari tunda bartaraf etilgaç, ertalab tong otişini kutişga majbur edik.
Ya'ni, aholi xavfsizligini ta'minlaş maqsadida gaz ta'minoti ertalabki soat 09:00 gaça uzib qöyilgan".




















