Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus yonib ketdi
Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari yo‘nalishli avtobusda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtobus joriy yilning 24 noyabr kuni soat 06:13da Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobus haydovchisi ilk yo‘lovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan.
Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi. Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq bartaraf etildi.
Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
08:50 / 14.01.2026