Vaksinalar koronavirus pandemiyasini butkul töxtatmaydi, ammo uning tarqalişiga qarşi kuraşda katta umid beradi. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Kluge aytdi.

“Texnologiyalar va farmatsevtika kompaniyalari oldimizda yangi ufqlar oçmoqda. Vaksinalar SOVID-19’ni butkul töxtatmasa va barça savollarimizga javob bölmasa ham, bu virusga qarşi uruşda katta umid beradi”, – dedi Kluge.

Uning qöşimça qilişiça, oxirgi haftalarda vaksinalar töğrisida yaxşi yangiliklar paydo böldi. Klugening sözlariga köra, vaksinalar boşqa qöşimça çora-tadbirlar bilan birgalikda kasallik tarqalişiga qarşi kuraşda yordam berişi mumkin.

16 noyabr kuni Amerikaning Moderna kompaniyasi özi işlab çiqqan vaksina samaradorligi 94,5 foizni taşkil etganligini ma'lum qilgandi.

Oradan ikki kun ötib, Pfizer koronavirusga qarşi vaksinasi 95 foiz samaradorlik körsatganligini e'lon qildi.