24 noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasini hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etiş işlari böyiça matbuot anjumani hamda press-tur bölib ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ elektr tarmoqlaridan foydalaniş boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Uluğbek Hakimov Özbekistonning köplab hududlarida elektr energiyasi kuçlanişining öta pastligiga doir savolga javob berdi.
“Energetika tizimimizda elektr energiyasi iste'molining minimum va maksimum degan tuşunçalari bor. Respublikadagi iste'mol miqdori sutka davomida özgarib turadi. Tungi minimum odamlar uyquga yotganda boşlanadi, ertalab hamma uyğonib işga yoki öqişga ketgunga qadar ertalabki maksimum vaqti böladi. Şundan söng kun davomida barqarorlik kuzatiladi, hamma işdan qaytadigan soat 18:00dan esa keçki maksimum boşlanadi. Bu vaqtlarda energiya iste'moli ança oşadi. Bunda eng asosiysi, transformatorlarimizda ortiqça yuklama bölmasligi va kuçlaniş tuşib ketmasligi uçun “ideal çiziq”ni topib olişimiz kerak.

Hozir mana şu maksimum vaqtlarda elektr iste'moli keskin ortmoqda. Bu xalqimizning yaşaş şaroitlari ortişi bilan boğliq. Oldinlari bitta xonadonda bittadan televizor va xolodilnik bölgan bölsa, hozirda televizorlar, mikrotölqinli peç, internet vositalari va boşqa köplab qulayliklar mavjud.
Biz bu yönalişda işlarni davom ettiramiz, kuçlaniş pasayişining oldini oliş uçun 80 mingta transformatorga teng taqsimlaşimiz kerak yoki tarmoqlarni bölişimiz kerak. Boşqa yöli yöq. Qayerda energiya iste'moli oşmoqda, qayerga köproq urğu berişimiz kerak, qaysi transformatorni almaştirişimiz kerak – bu yönalişlarda ASKUE tizimi bizga onlayn tahlilni berib boradi.
Bu [ASKUE tizimi] faqat qarzdorni öçiriş yoki pul yiğib oliş uçun emas, bizga ham mukammal kömakçi, ham şaffof tizim hisoblanadi”, – deydi Uluğbek Hakimov.
Uluğbek Hakimov “Sifatsiz elektr energiyasi uçun uning narxlarini kamaytiriş kerak emasmi? Nega Toşkentda yoruğ va doimiy elektr energiyasiga ega bölgan aholi bilan çekka hududlardagi aholi sifatsiz, xira va doimiy yonmaydigan çiroq uçun bir xil pul tölaşi kerak?” degan savollarga ham javob qaytardi.
“Asosiy maqsadimiz ham şu – birinçi navbatda sifat körsatkiçini oşiriş, lekin 100 foiz elektr energiyasi öçmaydi, deb bugungi kunda heç kimni aldamoqçi emasmiz. Xodimlarimiz tun-u kun navbatçilikda turib uzilişlar davomiyligini qisqartirib, elektr energiyasini yetkazib beriş ustida iş olib bormoqda. Balki biz işimizni körsata olmayotgan bölişimiz mumkin, lekin orqamizdagi 25 ming kişilik armiyamiz qorli-qirovli kunlarda ham qayerda avariya bölsa öşa yerga borib muammolarni hal qilmoqda”, – dedi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassisi.










