Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonov yangi turdagi avtomatik elektr hisoblagiçlarning tölov tizimi bilan boğliq muammolar haqidagi savolga javob berdi.
“Bu tizim hali töliq işga tuşmagan, tizim hali joriy qiliniş jarayonida. Öşa hisoblagiçlarimiz hozirgi kunda ikkita dasturda işlamoqda. Birinçisi, hisoblagiçlarni işlab çiqaruvçilarning dasturi bölib, uning özi uçta dasturda işlaydi. Ya'ni Özbekistonda işlab çiqarilgan «Elektr hisoblagiç» va «Toşelektrapparat» kompaniyalarining dasturlari hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi dasturi asosida işlamoqda. Mana şu dasturlar [qarzdorlarni] öçirişni boşlamoqda. Bu dasturlar ança yillardan buyon işlatib kelinadi va işlab çiqaruvçi zavodning dasturi hisoblanadi.
Hisoblagiçni öçirişga «komanda» berilganidan keyin, barça qarzdorlar öçiriladi. Dastur pul tölanişiga qarab avtomatik tarzda ularni yoqiş uçun navbatga qöyadi. Elektr energiyasi oxirida öçirilgan yoki oxirida tölaganlar oxirida yoqiladi. Natijada, oxirgi tölagan iste'molçining hisoblagiçi keçroq yoqilgan bölişi mumkin. Bu öçirilgan iste'molçilarning soniga boğliq. Biz, şuningdek, şanba va yakşanba kunlari hamda tungi vaqtda hisoblagiçlarni uzib qöymaymiz”, - deydi Jahongir Obidjonov.

Uning ma'lum qilişiça, «Hududiy elektr tarmoqlari» Korea Telecom bilan hamkorlikda uşbu dasturlar örniga yangi dastur kiritmoqda.
«Bu yangi dastur eng zamonaviy hisoblanadi. Masalan, hisoblagiç öçirilganidan keyin pul tölansa, 1 daqiqadan 15 daqiqagaça vaqtda yonadi. Yana bir bor qaytaraman, bu joriy qilinayotgan loyiha, hali töliq işga tuşmadi», – deb ta'kidladi Jahongir Obidjonov.










