24 noyabr kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida OAV xodimlari iştirokida elektr energiyasini hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etiş işlariga oid matbuot anjumani hamda press-tur bölib ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda iste'molçilarning elektr energiyasi uçun qarzdorliklar böyiça ma'lumotlar taqdim etildi.

“Ma'lumotlarga köra, foydalangan elektr energiyasi uçun 1 yildan ortiq davr mobaynida tölovlarni amalga oşirmagan iste'molçilar soni 903 305 nafarni taşkil etib, şundan qarzdorligi mavjudlari 573 655 nafarni, 3 yildan ortiq davr mobaynida tölov amalga oşirmagan iste'molçilar soni 361 185 nafarni, şundan qarzdorlari 283 489 nafarni taşkil etmoqda. 3 yildan buyon umuman tölovlarni amalga oşirmagan qarzdor iste'molçilar, Samarqand viloyatida 46 158 nafarni, Toşkent viloyatida 45 685 nafarni, Farğona viloyatida 28 770 nafarni va Andijon viloyatida 26 867 nafarni taşkil etmoqda.
Şu bilan birga, iste'molçilarning qarzdorliklari böyiça ötkazilgan tahlillarga köra, bugungi kun holatiga qarzdorligi yuqori bölgan ya'ni 1 mln sömdan 3 mln sömgaça bölgan qarzdor aholi iste'molçilar soni 157 839 nafarni, 3 mln sömdan 5 mln sömgaça 14 890 nafarni va 10 mln sömdan yuqorisi 5 199 nafarni taşkil etmoqda” – deydi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisining birinçi örinbosari Jahongir Obidjonov.
Tezkor ma'lumotlarga köra, Özbekiston elektr energiyasidan umumiy qarzdorlik 3,5 trillion sömni taşkil qilmoqda, undan aholining qarzdorligi esa 2,4 trillion sömdan ziyodni taşkil etmoqda.
Özbekiston böyiça eng yuqori qarzdorlik Samarqand, Navoiy va Andijon viloyatlariga töğri keladi. Samarqand viloyatning elektr energiyasidan 646 milliard söm qarzdorligi mavjud bölib, şundan 553 milliard sömi aholi qarzdorligi hisoblanadi. Navoiy viloyatining qarzdorligi 410 milliard sömni taşkil qiladi. Andijon viloyatining qarzdorligi esa 273 milliard (247 milliard sömi aholiga tegişli) sömdan iborat.
“Qarzdorliklarning yuqori miqdorlarda saqlanib qolişi iste'molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun amalga oşiriladigan yangi investitsion loyihalar amalga oşirilişiga, yangi transformator punktlari va elektr tarmoqlarini quriş va modernizatsiya qilişga ta'sir körsatadi. Şu sababli men iste'molçilarimizdan qarzlarini öz vaqtida tölaşlarini iltimos qilaman.
Bundan taşqari ASKUE tizimi hozirda töliq joriy etilmaganligi sababli, iste'molçilar qarzdorliklarni bartaraf etişi va oldindan tölovlarni amalga oşirişi bilan 15 daqiqagaça iste'molçi tarmoqqa qayta ulanadi. Şu sababli, örnatilgan hisoblagiçlarga taşqaridan aralaşuvlarni amalga oşirmasliklarini bunday holat avtomatik yoqiş tizimiga salbiy ta'sir körsatişini aytib ötaman» – deya qöşimça qildi Jahongir Obidjonov.










