24 noyabr kuni Milliy matbuot markazida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Ravşan Ermatov iştirok etdi.

Ravşan Ermatov vazirlikning bu yil hisobida amalga oşirgan hamda kelgusi yilga möljallagan rejalari haqida gapirdi.

«Oldimizga qöyilgan talablardan biri – pandemiya davrida kasalliklarni sport orqali bartaraf etiş. «Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 6099 sonli farmonining natijasi sifatida respublikamizning barça şaharlarida «5 ming qadam yuriş», «10 ming qadam yuriş», soğlomlaştiriş uçun möljallangan marafonlar, ularni estafeta şaklidan bir şahardan boşqa şaharga berilişiga guvoh bölmoqdamiz.

Bundan taşqari, ommaviy sport musobaqalarini kengaytirişni rejalaştirganmiz. Futbol borasida «Çarm töp», «Mahallada futbol», «Futbolimiz kelajagi» musobaqalari taşkil etildi, Şuningdek, minifutbol, yuriş, yuguriş, badminton kabi sport turlari böyiça mahallalarda hokimiyatlar bilan birgalikda maydonçalar barpo etiladi va bu katta sport infrastrukturasini yaratib beradi. Bularning hammasi ommaviylikni oşiriş uçun, sababi professional sportga ham ommaviylikdan çiqiladi», – dedi Ravşan Ermatov.

Vazir örinbosari sportçilarni olimpiya öyinlariga tayyorgarlik körişida jahon tajribasiga murojaat qilinişiga ham urğu berdi: «2022 yilda Xanjouda Osiyo öyinlari, 2024 yil Parijda olimpiada öyinlari ötkaziladi. Olimpiadaga tayyorgarlik işlarini rezerv tariqasida hozirdan boşlaşimiz kerak. Çunki 1-2 yil qolganda tayyorgarlikni boşlasak, keç qolgan bölamiz. Xalqaro tajribaga qaraydigan bölsak, ular sportçilarni yoşligidan seleksiya qilişadi hamda 10 yildan keyin keladigan musobaqalarga oldindan oçiq röyxat qilib, sportçilarni har bir sport turi böyiça tanlab olişadi.

Ular bilan 10 yil mobaynida tizimli iş olib boriladi. Biz ham xuddi şunday seleksiyani oldinroq qilib, sportçilarni oldinroq tayyorlab borişda xalqaro tajribadan unumli foydalanişni oldimizga maqsad qilib qöyganmiz», – dedi Ermatov.

Vazir örinbosari Ravşan Ermatov umumta'lim maktablarining 30 foizidan köproğida sportzallar mavjud emasligini aytdi: «Viloyatlar hamda hududlarga çiqqanda umumta'lim maktablarining 30 foizidan köproğida sportzallari mavjud emasligiga guvoh böldik. Qişda bolalar qayerda sport bilan şuğullanişadi, degan savolga javob topiş juda muşkul. Biz sport infrastrukturasi yöq hududlardan boşlab röyxat tuzdik va röyxatdagi hududlarda bosqiçma-bosqiç Quriliş vazirligi, hokimiyatlar bilan birgalikda sportzallar barpo etiladi», – dedi Ravşan Ermatov.