Oxirgi ma'lumotlarga köra, Tesla aksiyalari 2,96 foizga qimmatlaşib, 537,31 dollarga yetgan. Natijada kompaniya kapitallaşuvi 509 mlrd dollarga yetdi. Kompaniya aksiyalari Wedbush kompaniyasi tahlilçisi ularning narxi 1 ming dollargaça yetişi mumkinligini aytgandan keyin qimmatlaşa boşlagan. 

Avvalroq Tesla aksiyalari dekabrda S&P 500 indeksiga kiritilişi e'lon qilingandi. Noyabr boşidan beri kompaniya aksiyalari 38 foizga, ya'ni 388 dollardan to hozirgi qiymatigaça oşdi. 

Buning natijasida Mask dunyoning eng boy odamlari röyxati Bloomberg Billionaires Index’da Microsoft asosçisi Bill Geytsdan özib, 2-öringa kötarilib oldi. Hozirda Maskning boyligi 127,9 mlrd dollarga, Geytsniki esa 127,7 mlrd dollarga baholanmoqda.