AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar oldida bayonot berdi. Uning murojaati Oq uyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jonli efirda olib berildi. Oldinroq Oq uy prezident «muhim bayonot berişini» e'lon qilgan edi.

Biroq Trampning bu galgi bayonoti juda tez yakunlandi va bir daqiqaga ham bormadi: «Vaksina borasida juda yaxşi işlar olib borilmoqda va tez orada yaxşi yangilik böladi. Şuningdek, DIJA (Dow Jones Industrial Average) indeksi (işlab çiqariş hajmini hisoblovçi AQŞ milliy indeksi) rekord darajada yuqorilab, 30 ming punktga yetgani bilan tabriklayman. Bu bizning administratsiya erişgan yutuq va bu körsatkiç bilan avvalo amerikaliklarni tabriklamoqçiman. Barçangizga rahmat», deb nutqini yakunlagan Tramp.

 

 

Jurnalistlar unga savollari borligini aytib qolişgan, lekin Tramp saylov borasidagi savollarga javob berişni xohlamay, ketib qolgan. OAV vakillari Oq uyning anonsidan keyin Tramp saylovdagi mağlubiyatini tan olişi haqida gapiradi deb taxmin qilgandi, çunki prezident bir kun oldin Tvitterdagi sahifasida hukumatni topşiriş böyiça öz ştabiga «kerakli işlarni qilişni» körsatma berganini aytgandi.

3 noyabr kuni ötkazilgan AQŞ prezidentlik saylovlarining natijasi hamon e'lon qilingani yöq. AQŞdagi deyarli barça yirik OAV esa saylovda demokrat Jo Baydenning ğalaba qozonganini e'lon qilgan. Associated Press ma'lumotiga köra, Bayden allaqaçon 306 ta vakillik ovoziga ega bölgan. AQŞ prezidentlik saylovlarida ğolib böliş uçun esa 270 ta vakillik ovozini töplaş kifoya.