IT Park rahbari Farhod Ibragimov Facebook sahifasida turli oliygoh talabalarining netvorkingi yölga qöyilişini ma'lum qildi.
“Agar siz IT Park yangiliklarni kuzatib borsangiz, biz talabalar bilan yanada intensiv işlaşga qaror qilganimizdan xabaringiz bölsa kerak. IT Parkʼning universitetlar bilan hamkorligi tufayli öquv muassasalarida talabalarga öz ğoyalarini haqiqiy biznes loyihalarga aylantiriş imkonini beruvçi inkubatsiya markazlari oçilmoqda”, deyiladi unda.
Ibragimovning fikriça, yirik IT kompaniyaga asos soliş uçun talabalik davrlaridanoq startap yaratişni boşlaş kerak böladi.
“Şuningdek, ITʼga ixtisoslaşmagan OTMlarning talabalari bilan gaplaşib, ular öz yönalişlarini “aytiçi” talabalardan köra yaxşiroq uddalaşlarini va turli muammolarga köplab yeçimlar taklif qila olişlarini tuşunib yetdik. Lekin ular şunçaki u yoki bu yeçimni qanday qilib amalga oşirişni bilmaydi.
Şu tufayli biz innovatsion texnologik yeçimlarni yaratiş maqsadida turli oliygoh talabalarining netvorkingini yölga qöymoqçimiz. Bu mavjud muammolarni amalda yeçiş imkonini beruvçi aktual startaplarni yaratiş imkonini beradi.
Biz allaqaçon Toşkentdagi Turin politexnika universiteti, Plexanov nomidagi RIUning Toşkentdagi filiali, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toşkentdagi INHA universiteti va Toşkentdagi Amiti universiteti singari oliygohlarda inkubatsion markazlar oçişga ulgurdik. Uşbu oliygohlardagi inkubatsion markazlar allaqaçon startap loyihalardan ularning bölğusi rivoji uçun arizalar qabul qilmoqda.
Yaqin kelajakda biz har bir talaba öz ğoyasini amaliyotga tatbiq etiş imkoniga ega bölişi uçun bu turdagi startap platformalarni mamlakatimizning har bir universitetida oçişni umid qilganmiz», deb yozadi IT Park rahbari.













