«Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi qonunga özgartişlar kiritildi. Şu sababli bir qator XBAlar litsenziyalovçi organga litsenziyasini bekor qiliş uçun ariza bilan murojaat qilgan.
Şu munosabat bilan, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşqarma boşliği Kamola Şukurova XBAlar mijozlariga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Agar xususiy bandlik agentliklari şartnomaviy majburiyatlarini bajarmayotgan bölsa yoki sizdan pul talab qilayotgan bölsa, iltimos, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qiling.
Çunki litsenziyasi tugatilganidan söng xususiy bandlik agentliklarida puli qolib ketgan fuqarolarga yordam beriş imkoniyatimiz ança kamayib qoladi. Agar hozirgi holatda zudlik bilan bizga murojaat qiladigan bölsangiz, sizlarga zaxiralangan summalardan belgilangan tartibda sud orqali mablağlaringizni qaytariş imkoniyatimiz mavjud», – dedi Şukurova 27 noyabrdagi matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, Özbekistondan taşqarida iş qidirayotgan şaxslarni işga joylaştiriş böyiça xizmatlar uçun ulardan haq undiriş taqiqlanmoqda. Bu xizmat uçun haqni XBAlarga iş beruvçilar tölaşi lozim böladi.
Mazkur yangilik şu yil avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi qonunga kiritilgan. Özgarişlar 21 yanvardan kuçga kiradi.
Qonunga köra, XBAlar işga joylaştiriş sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati BHMning bir baravari (223 ming söm)dan oşmasligi kerak.
Endilikda, XBAlar fuqarolarni xorijga işga yuboriş böyiça litsenziya oliş uçun BHMning 8,5 ming baravariga teng zaxira mablağini şakllantirişi lozim. Ya'ni bu miqdor 50 ming dollardan 185 ming dollargaça oşirilmoqda.















