Ötkazilgan tadqiqotlar Özbekistonda kambağallik darajasi bolali oilalar orasida ayniqsa yuqori ekanini körsatmoqda.
«9 yoşgaça bölgan bolalarning taxminan 30 foizi va 10 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarning 24 foizi aholining eng kambağal qatlamlariga mansub oilalarda yaşaydi», – deyiladi YUNISEF dokladida.
Baholaşlarga köra, 2018 yilda Özbekiston aholisining 11,4 foizi milliy kambağallik darajasida yaşagan.
Bolalar nafaqalari bilan qamrab oliş darajasi pasaymoqda
YUNISEF tahlillariga köra, Özbekistonda eng kambağal uy xöjaliklarining 52 foizi ijtimoiy himoyaning milliy tizimi tomonidan heç qanday yordam bilan qamrab olinmagan.
Boz ustiga, bolalari bor oilalarni qöllab-quvvatlaş uçun möljallangan bolalar nafaqalarining uçta turi bilan qamrab oliş darajasi muntazam pasayib bormoqda.
«Masalan, 2 yoşgaça bölgan bolani parvarişlaş uçun nafaqa oluvçilar soni 2009 yildan boşlab 60 foizga kamaydi. 2 yoşdan 14 yoşgaça bolalari bor oilalarga tölanadigan nafaqalar vaqt ötib qisqardi: endilikda atigi 10 foizgina bolalarni qamrab olmoqda.
Hozirgi vaqtda 0–17 yoşdagi bolalarning faqat 17 foizi bola uçun biror turdagi nafaqa (bolani parvarişlaş uçun nafaqa, oilaviy nafaqa yoki bolalar nogironligi böyiça nafaqa) oladigan uy xöjaliklarida yaşaydi», – deyiladi hisobotda.
Nogironligi bor bolalarning yarmi nogironlik nafaqasini olmayapti
Qayd etilişiça, Özbekistonda nogironligi bor bolalarning nafaqa oliş huquqiga ega bölişi oson emas. Buning uçun ular nogironlikni belgilaş murakkab jarayonidan ötişlari kerak, bu jarayon esa mablağ sarflaşni talab qiladi.
Şu sababli nogironligi mavjud bolalarning qariyb yarmi (48 foizi) ana şu nafaqani olmayapti, deyiladi YUNISEF hisobotida.
Tahlillarga köra, Özbekistonda bolalar nogironligi böyiça nafaqa tölaş uçun ajratilgan budjet past darajada bölib, YaIMning atigi 0,21 foizini taşkil qilgan.













