Ma'lum bölişiça, haşarçilar qilingan işlarni rasmga tuşirib, papka holatida tayyorlab qöyişi talab qilingan. Çunki har kuni keçqurun soat 19:00da har bir kompleks rahbari qilingan işlar böyiça tuman hokimiga hisobot beradi.

Topşiriqqa köra, 7 dekabrga qadar Urgutda haşar davom etadi. Haşar doirasida belgilangan işlar qatorida Urgutdagi katta köçalar böyidagi uylar, dökonlar va binolarning fasad qismini ta'mirlaşga alohida e'tibor berilgan.

Tumandagi deyarli barça budjet taşkilotlari haşarga jalb qilingan bölib, ular iş vaqtida bajarilmagan topşiriqlarni qaçon bajarişi ma'lum emas.