24 noyabr – 1 dekabr kunlari Toşkentda ommaviy qabullar haftaligi bölib ötmoqda. Kuni keça bölib ötgan Boş prokuratura va Toşkent şahar prokuraturasi mutasaddilari qabuli – murojaatçilar eng köp töplangan qabullardan biri böldi.

Jarayon davomida Kun.uz muxbiri Toşkent şahar prokurori Bahriddin Valiyev bilan suhbatda böldi

«Şahar prokuraturasida fuqarolar har kuni qabul qilinadi, seşanba va payşanba kunlari esa katta qabullar uyuştirib kelyapmiz. Bir marta, sidqidilgan tekşirib, oxirigaça yetaylik, qança vaqt talab qilsa ham, deb prokuratura xodimlari özimiz kelişib olganmiz.

Agar murojaatlari qonuniy bölsa, biz oxirigaça kuraşyapmiz. Lekin qonunsiz talablar böladigan bölsa, unda ham takroriy murojaatlar bölişining oldini oliş uçun bir marta jiddiy tekşirib çiqib, aytyapmiz: «Mana, biz tekşirdik, sizning murojaatlaringizni qanoatlantirib bölmaydi, bu qonunga töğri kelmaydi», deya tuşuntirişlar berib kelyapmiz.

Lekin töğrisini aytganda, köproq sud işlari böyiça... Fuqarolik sudi, jinoiy sud, umuman ança vaqtlardan beri sudralib kelayotgan işlar ham yöq emas. Buning içida şahar prokurorining vakolatiga kirmaydigan işlar ham bor. Birinçi instansiya sudida körilgan, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalarida ham körilgan işlar böyiça murojaatlarni örganib, agarda lozim deb topsak, murojaatni qonuniy deb hisoblasak, sudlar tomonidan qabul qilingan qaror yoki hukmlarni bekor qiliş töğrisida Oliy sudga protest kiritişni sörab, boş prokurorga taqdimnomalar ham kiritib boryapmiz.

Özimizda ham kamçiliklar köp. Şahar prokuraturasida ham va umuman prokuratura sohasida. Kamçiliklar böyiça işlaşimiz kerak. Kamçiliklar deganda qonunbuzilişlarni nazarda tutmayapman, asosiysi – muomalada kamçiligimiz bor, özimizning ustimizda işlaşimiz kerak, qonunlarni oxirigaça bilmasligimiz bor.

Bu borada ham xodimlarni örgatiş işlarini olib boryapmiz. Lekin beş qöl baravar emas. 250dan ziyod xodimimiz bor. Hammasini bir xil darajada bilimdon deb ayta olmaymiz. Şu sababli har juma kuni öqişlarimiz bor», – dedi Bahriddin Valiyev.

Uning qöşimça qilişiça, Toşkent şahar prokuraturasiga har yili 10–15 nafargaça yangi xodimlar işga qabul qilinadi. Ular boş prokurorning buyruğiga asosan qöyilgan talablarga binoan tayyorlab boriladi.