“Yevroosiyo hukumatlararo kengaşining 4 dekabrdagi  yiğilişi va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining sammitini videoanjuman şaklida ötkazişga qaror qilingani sababli Armaniston boş vaziri Moskvaga bormaydi”, deb ma'lum qilingan Paşinyan matbuot xizmatida.  

Bundan avvalroq, 30 noyabrda Armaniston boş vaziri rossiyalik hamkasbi Mixail Mişustin bilan telefon orqali muloqot qilgan.  

Mişustin suhbat davomida epidemiologik vaziyatdan kelib çiqib Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga Moskvada ötkazilişi kerak bölgan yiğilişni videoanjuman şaklida ötkaziş iltimosi bilan murojaat qilganini ma'lum qilgan. Ikkala boş vazir, şuningdek, Rossiya va Armaniston örtasidagi ittifoqçilik munosabatlariga tegişli bir qator masalalarni muhokama qilgan.

Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining Kollektiv xavfsizlik kengaşi sessiyasi 2 dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin raisligida onlayn rejimda bölib ötadi. 

Avvalroq Paşinyan Rossiyaga taşrif buyurmoqçi bölayotgani ma'lum qilingandi. Armaniston hukumatidagi manba Paşinyan Moskvaga 3 dekabrda bormoqçiligini, u Yevroosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişida iştirok etişini ma'lum qilgan.