To‘rt nafar o‘zbek olimiga 100 mln so‘mdan mukofot puli beriladi
2020 yildan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan 4ta fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega yosh olimlar moddiy rag‘batlantiriladi.
Yoshlar akademiyasi boshqarma boshlig‘i Firdavs Ne'matzodaning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, har yili ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha «Scopus» xalqaro ilmiy nashrlar ma'lumotlar bazasida eng yuqori «Xirsh indeksi»ga ega 40 yoshgacha bo‘lgan olimlarga 100 mln so‘m miqdorida mukofot pullari berish amaliyoti joriy etildi.
«Yosh olimlarni tanlab olishda shaffoflikni ta'minlash maqsadida «Scopus» bazasi asoschisi bo‘lgan Niderlandiyaning «Elsevier» axborot-tahlil kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdik. Kelishuvga asosan kompaniya bizga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh olimlarning 2020 yil oxiri holatiga ko‘ra Xirsh indeksi to‘g‘risidagi ma'lumotlarini taqdim etadi.
Mukofot puli 2020 yilda matematika, geologiya, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro indeksda O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega 4ta olimga beriladi.
Yosh olimlarni taqdirlash marosimi 2021 yil yanvar oyida Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan»,-dedi boshqarma boshlig‘i.
Ma'lumot uchun, «Scopus» – dunyoning eng nufuzli ilmiy-tahliliy reyting platformalaridan biri hisoblanadi. Undan o‘rin olish uchun ilmiy maqola yozish talab etiladi. Reytingda o‘sish uchun mazkur ilmiy maqolaga havola berilishi, olimlar o‘z ma'ruzalarida uni tilga olishlari kerak. Maqolaga havola berilishi uning ilmiy hamjamiyat uchun haqiqatda muhim ekanini bildiradi.
«Xirsh indeksi» esa olimlarning ilmiy faoliyati natijadorligini hisoblash ko‘rsatkichidir. Mazkur indeks olim, ilmiy tashkilot yoki mamlakatning nashr etilgan maqolalari va unga ko‘rsatilgan iqtiboslar soniga asoslanadi. Indeksni hisoblashda tadqiqotchining ilmiy maqolalarini har bir maqola bo‘yicha iqtiboslarga taqsimlash asosida hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Litvadagi o‘quv mashg‘ulotlarida bedarak yo‘qolgan uch nafar amerikalik harbiyning jasadi topildi
Jahon | 20:53
-
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 20:30
-
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
O‘zbekiston | 20:20
-
Muzokaralarda siljish bo‘lmayotgani Trampni g‘azablantirmoqda
Jahon | 20:11
Mavzuga oid

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

13:45 / 29.01.2025