30 noyabr kuni Yangiyöl tumani, Qirariq MFY, Istiqlol köçasi, 80-uyning ostidan ötgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib çiqqan gaz xonadonga tarqalib, havo aralaşmasi bilan qöşilib, uyda elektr çiroğining yoqilişi natijasida portlaş sodir böldi. Mazkur voqea oqibatida ikki kişi halok bölgani xabar qilindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining birlamçi ma'lumotiga köra, çaqnaşning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalaniş qoidalari buzilişi taxmin qilinmoqda.
Mahalliy aholining aytişiça esa, xonadon yaqinida yerosti polietilen gaz quvuri ötgan bölib, u orqali metan gaz quyiş şoxobçasiga yoqilği yetkazib berilgan. Uşbu ma'lumotni «Hududgazta'minot» AJ Yangiyöl tuman filiali rahbari Umid Töyçiyev ham tasdiqladi.
Portlaş yuz bergan paytda uyda bölmay, tezkor xabardan söng zudlik bilan ortga qaytgan Fazliddin Usmonovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, quvurdan sizib çiqayotgan gaz isi xonadon egalarini bezovta qilgan va bir neça marta mutasaddilarga şikoyat qilingandi.


«Bu yerdan gaz çiqib turganini ança avvaldan bilardik. Ança joyga murojaat ham qilganmiz. Tezkor xabardan söng, yetib kelsam, odamlar marhumning turmuş örtoği va qizini oşxonadagi vayronalar ostidan olib çiqişayotgandi. Marhumning jasadini esa beton bosib qolgandi. Avvaliga öğlini topolmadik. Bir soatlardan söng FVV xodimlari bolaning jasadini betonlar orasidan topişdi», — deydi uşbu xonadonga yon qöşni bölgan Fazliddin Usmonov.
Ötgan yili 11 noyabr kuni Quyi Çirçiq tumanining Surum mahallasidagi namunali uy portlaşi oqibatida bir oilaning 3 a'zosi vafot etgan va 3 kişi butun umrga majruh bölib qolgandi. Öşanda ham portlaşga namunali loyiha asosida qurilgan uylar yaqinidan ötkazilgan













