Twitter’dagi «Bobo» akkaunti egasi 25 noyabr kuni Ohangaron va Quvasoy sement zavodlari 2 oylik muddatga gaz ta'minotidan uzib qöyilgani haqida xabar bergandi.

«Birjada 500-550 sömga tuşgan sement 2 kunda 50 sömga oşdi. Bu yil ham qurilişlarning asosi (bölgan) sement 1000 sömdan ötadi, şekilli», — deya fikr bildirgan tarmoq foydalanuvçisi.

Tovar xomaşyo birja ma'lumotiga köra, şu yilning 20 noyabr kuni «Ohangaronsement» AJ tomonidan birja savdolariga qöyilgan portlandsementning (PsX) 1 tonnasi örtaça 504 ming sömdan sotilgan. Şu kuni «Quvasoysement» AJ tomonidan savdoga qöyilgan M-400 sementining 1 tonnasi örtaça 631 ming sömga sotilgan.

23 noyabr kuni «Ohangaronsement» AJ birja savdolarida iştirok etmagan. Şuningdek, «Quvasoysement» AJ ham bozorda taklif bildirmagan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi xabariga köra, havoning keskin sovib ketişi tufayli gaz yetkazib beriş bosimi pasaygan va sement zavodlari iş faoliyatini töxtatgan.

«Quvasoysement» AJ va «Ohangaronsement» AJ tomonidan sement işlab çiqarilişi töxtatilgan. Şu boisdan ikkala işlab çiqaruvçining sement mahsuloti ötgan haftada fond birja röyxatiga olinmagan. Mazkur vaziyatdan kelib çiqib aytiş mumkinki, bölib ötgan savdolarning örtaça kunlik hajmi 30 ming tonnani taşkil etgan bölsa, bu avvalgi savdolarga nisbatan 46 ming tonnani belgilagan bölib, bu foiz körsatkiçida 34 foiz kamayganini körsatmoqda.

Sotilgan sement hajmi 141 ming 919 tonnani taşkil etgan bölib, bu avvalgi kimoşdi savdosida sotilgan sement hajmidan 68 ming 456 ming tonnaga kamdir. Albatta, savdo hajmining ham pasayişi, uning narxining oşişiga olib kelgan. Ya'ni, aytaylik, hafta boşida 1 kg sement 512 söm bölgan bölsa, hafta oxirida u 539,1 sömgaça (yoki 5 foizga) kötarilgan. Mazkur holat savdo iştirokçilarining kamayişiga ham öz ta'sirini ayamadi: ya'ni ular 1054 dan 817 nafarga kamaygan bölsa, xaridorlar ham 556 nafardan 373 nafargaça kamayganini kuzatiş mumkin», — deyiladi qömita axborotida.

Telegram’dagi «Bakiroo» kanali muallifining yozişiça, ayrim rasmiy bölmagan manbalarda Özbekistondagi sement zavodlari Turkmanistondan töğridan töğri şartnomalar asosida gaz import qilişi mumkinligi haqida