AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi Fox News telekanali orqali qilgan çiqişida Buyuk Britaniyaning Pfizer va  BioNTech vaksinasidan foydalanişga ruxsat berganini tanqid qildi.  

 Uning sözlariga köra, britaniyaliklar uşbu qaror borasida boşqalardan ikki kunga ilgarilab ketdi, ammo bu kunlar muhim rol öynamaydi. U barça mamlakatlar tez orada koronavirusga qarşi vaksinadan ommaviy foydalanişni boşlaydi deb hisoblamoqda.

“Agar şoşsangiz va buni yuzaki amalga oşirsangiz, odamlar emlanişni istamaydi”, — dedi Fauçi hamda AQŞ mahsulot va dori vositalari nazorati boşqarmasi (FDA) bu masalada oltin standartga rioya qilişini aytdi.

“Biz amerikaliklarga uning xavfsiz va samarali vaksina ekanligini kafolatlaş uçun bu ma'lumotlarni sinçiklab tekşiramiz”, — dedi u.

Qayd etilişiça, FDA 10 dekabr kuni Pfizer-BioNTech vaksinasi böyiça muhokama ötkazadi va şundan söng undan ommaviy foydalanişga ruxsat berişi mumkin.

Britaniya hukumati 2 dekabrda mamlakatda uşbu vaksinadan foydalaniş ma'qullanganini e'lon qildi. Buyuk Britaniya koronavirusga qarşi ommaviy emlaşga ruxsat bergan birinçi mamlakat böldi. Tez kunlarda Britaniyaga dastlabki 400 ming kişini emlaş uçun 800 ming doza vaksina keltiriladi.