– Qizim Dilnura Hayitmamatova endigina 5 yoşga kirdi. Uni vaqt ötgani sari çöktirib borayotgan dard qiynamoqda. Miyada rivojlanib borayotgan kasallik tufayli qizimga “Asab tizimining perinatal zararlanişi” taşxisi qöyilgan. Bu kasallikning qator asoratlaridan biri sifatida qizim asta-sekin gapirişdan qolmoqda, – deydi yiğlab Dilnuraning onasi Toşgul Toşqulova.

– Özimiz haminqadar yaşaymiz. Şu qizimning kasalligi tufayli Toşkent–Surxondaryo örtasida qatnab, şifoxonalarda davolanib topgan-tutganimizni sarflab böldik va ança qarzga ham kirib ketdik. Qizim soğayişi uçun uzoq muddatli muolajalar va reabilitatsiya zarur ekan. Hozir bolaginam borgan sari kamroq gapirayapti. Şuning bittagina sözini eşitiş uçun kuniga yuz martalab savol beraman, gapga tutaman. Bir oğiz javob bersa, köz yoşlarimni yaşirib yiğlayman...

Buning ustiga oğir kasallik boşqa a'zolariga ham asorat berişi mumkinligini öylab dahşatga tuşaman. Juda zarurat tufayli saxovat egalaridan yordam söraşga majbur böldim, – sözlarini tugatdi onaizor.

Dilnura Hayitmamatovaga oid ma'lumotlar:

Uzkard: 8600 0423 0793 9578 (Agrobank, otasi Ğulomjon Qodirov nomida)

Humo:9860 0303 4796 5185 (otasi Ğulomjon Qodirov nomida)

Sberbank: 4276 2200 1783 2794 (qarindoşi Mehriddin Husainov nomida)

Telefon raqami: +998937289240

Dilnura bugun unsiz nigohlari bilan, sözsiz suhbatlari bilan dardini aytmoqda. Qizaloqning bu dunyodagi umidlari şu yoşidayoq çeklanib qolişi har qanday yurakni ezişi tabiiy. Imkoni borlar ataganlari bilan, yöqlar duolarida Dilnurani eslab qöysinlar.