Bundan oldin kiçik plastik bölaklari Yer şarining eng past nuqtasi – Tinç okeanidagi Mariana botiğigaça (10 994 metr) yetib borgandi. Endi esa ular Yerning eng yuqori nuqtasi – Everest çöqqisidan (8 848 metr) ham topildi.
Kattaroq buyumlarning parçalanişidan paydo bölgan 5 millimetrdan kiçik plastik qismlar Everestdan birinçi marta topildi. Buyuk Britaniyaning Plimut universiteti olimlari Everestning turli nuqtalaridagi 8 ta suv oqimidan 900 millilitrlik suv va 11 300 millilitrlik qor namunalarini töpladilar. Töplangan qor namunalarining barçasi va suv oqimlari namunalarining 3 tasidan mikroplastikalar topildi.
«Everest çöqqisida olib borilgan tadqiqotlar qiziq va namunalarni oliş juda ajoyib bölganiga qaramay, iç-içimizdan atrof-muhit toza bölişini va bu yerdan heç qanday plastik topilmasligini xohladik», deydi tadqiqotçilardan biri.
Everest çöqqisida topilgan mikroplastiklarning aksariyati sintetik tolalar, kiyim va jihozlar tayyorlanadigan moddalar bölib çiqdi. Bundan körinadiki, 20 daqiqa atrofni aylanib yuriş, kiyimlarni yuviş yoki plastik idiş qopqoğini oçiş bilan atrofga mikroplastikalarni tarqatişimiz mumkin.
Tadqiqotçilarning fikriça, odamlar hali bu mayda plastmassa parçalari ekotizimlar, organizmlar va hatto inson salomatligi uçun qanday muammolarni yuzaga keltirişini töliq bilmaydi.












