«Söz erkinligi haqida umumiy xulosam şuki, Özbekistonda oxirgi yillardagi söz erkinligidagi özgarişlar haqiqatan bor. Buni bloger sifatida ham, axborot agentligi vakili sifatida ham tan olaman. Ammo bu özgarişlar biz uçun hali yetarli emas. Buni ham barçamiz tan olişimiz kerak. Ya'ni biz marraga kelib böldik, «söz erkinligining eng yuqori çöqqisiga çiqib böldik», degan xulosaga kelgan kunimizoq jamiyatimiz yoki söz erkinligi ölişni boşlaydi. Hali oldimizda qiladigan ança işlarimiz bor.

Biz xuddi yölga çiqqan haydovçiga öxşaymiz. Ilgari 20 tezlikdan oşiriş mumkin emasdi. Svetoforlarda juda köp qizil yonardi. Hozir şunaqa yölga çiqdikki, tezlikni oşirsak böladi, lekin haliyam juda tezlikda keta olmayapmiz. Haliyam svetoforda ayrim qizillar bor. Yaşillar ozgina köpaydi. Va biz harakat qilişimiz kerakki, katta trassaga çiqib olişga. Kimning imkoniyati yetsa, 200-250 tezlikda yursin. Şunaqa trassaga çiqib olişimiz uçun yöllardan ketyapmiz. Har qanaqa trassaga çiqqanimizda ham, 200 tezlikmi, 300 tezlikmi, yöl harakati qoidalarini unutmasligimiz kerak. Ya'ni yölda yuriş bu - qoidasiz yuriş degani emas», dedi u.

U davra suhbatida boşlovçilik qilgan Şerzodxon Qudratxöjayevning blogerlar qaysidir amaldorga simpatiya bildirişi bilan boğliq holatga munosabati haqidagi savoliga ham javob berdi.

«Blogerlar haqidagi fikrim, ularning kimgadir simpatiyasi bölişi bu normal holat. Çunki bu - individual fikr. Kimdir kimnidir yaxşi köradi, hurmat qiladi yoki yomon köradi. Bu tabiiy jarayon va uni çeklab bölmaydi. Ammo şu jarayonda ham qay darajada xolislikni saqlay olsa, bu blogerning öz imiji uçun yaxşi. Ya'ni faqatgina xolislikdan uzoq bölgan, bir tomonlama fikrlar bilan çiqayotgan blogerlarni iste'molçilarning özi belgilab qöyaveradi. Uni öqişdan çekinadi. Ularning sözining ta'sir kuçi yöqoladi.

Doim sub'yektiv yoritib kelayotganlarning ovozi ham balandroq, jarangdorroq eşitiladi. Uni auditoriya ham hurmat qiladi. Bu şaxsiy tanlov deb öylayman», dedi huquqşunos.

Şuningdek, Özbekiston milliy axborot agentligi faoliyati bilan boğliq savolga ham javob qaytarildi.

«Özbekiston milliy axborot agentligi davlatning yagona rasmiy axborot agentligi. Bunaqa agentliklar boşqa davlatlarda ham bor. Davlat axborot agentligining maqsadi, vazifalari hammamizga ma'lum. Ammo işlaş formati qanday? Ya'ni ÖzA jahondagi boşqa axborot agentliklari işlayotgan formatda işlay olyaptimi, degan savol bugungi kundagi eng muhim savol.