Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, uning maqsadi onkologik kasalliklarga çalingan odamlarga, ularning oilalariga, şuningdek, tibbiyot muassasalariga, saraton kasalligiga çalinganlarga tibbiy yordam körsatadigan şifokorlarning faoliyati hamda ularning ilmiy tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaşdir.
Fond Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 oktyabrda qabul qilingan "Onkologik xizmatni yanada rivojlantiriş va onkologik kasalliklarning keçki bosqiçlarini boşidan ötkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam körsatişni takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qaroriga muvofiq taşkil etildi.
Şuningdek, fondning maqsadlari:
- dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy asbob-uskunalar, tadqiqotlar, muolajalar, şuningdek protezlar, nogironlar aravaçalari va boşqa reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlaşni;
- saraton kasalligi bilan oğriyotgan bemorlarni bepul parvariş qiliş, qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy va mehnat reabilitatsiyasini;
- psixologik huquqiy va axboriy maslahat berişni taşkil etiş.
— Özbekistonda köplab xayriya taşkilotlari mavjud, ularning orasida saraton kasalligiga çalingan bemorlarga individual yordam körsatayotganlari ham kam emas, — deydi markaz boş şifokori örinbosari, "Işonç" fondi ijroçi direktori Dilnoza A'zamxöjayeva. — Bizning maqsadimiz — bemorlarga tibbiy yordam körsatişdan taşqari, onkologik soha rivojiga, soğayiş körsatkiçini yanada oşirişga hissa qöşişdir. Şuningdek, ayollar va bolalardan farqli ölaroq, erkaklar bunday xayriya yordamlarini har doim ham olavermaydilar. Köp hollarda erkaklar oğir kasallik bilan yakkama-yakka qolişga majbur böladi. Statistika va amaliyot şuni körsatadiki, örta va katta yoşdagi erkak uçun xayriya yordamini oliş ança qiyinroq keçadi. Şuning uçun ham, "Işonç" fondi faoliyatining dastlabki davri uçun ustuvor yönaliş etib erkaklar salomatligini yaxşilaşni tanladik. Keyinçalik esa boşqa guruh bemorlarni ham qamrab oliş, onkologiya sohasida olib boriladigan tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaşni niyat qilganmiz.
Ma'lumot uçun, 2019 yilda respublika onkologik xastaliklar bilan 24 648 ta yangi kasallaniş holatlari aniqlangan (ular orasida erkaklar 10 511 nafarni va ayollar 14 137 nafarni taşkil etdi). Ayni paytda umumiy kasallaniş strukturasida yuqori örinni kökrak bezi, me'da va baçadon böyni saratoni saqlab qolmoqda. 2019 yilda erkaklar orasida umumiy kasallaniş strukturasida yetakçi örinlarni me'da, bronxlar va öpka, şuningdek, boş miyadagi zararli ösmalar bilan kasallaniş egallamoqda.

















