Moldova parlamenti Axborot va xavfsizlik xizmatini parlament böysunuviga ötkazib, prezidentning vakolatini çekladi. Uşbu qaror ikki öqişda, heç qanday muhokamalarsiz qabul qilindi.

 Qaror qabul qilinişi uçun sotsialistlar partiyasi va "Şor" partiyasi fraksiyalari ovoz berdi. Muxolifat ovoz berişda qatnaşmadi.

 Qabul qilingan qonunga köra, xizmat direktori va uning ikki nafar örinbosarini parlament tayinlaydi.

 Sotsialist deputatlar tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi tasdiqlanişidan bir kun avval - 1 dekabr kuni tayyorlangan, öng partiyalar va saylangan prezident Mayya Sanduning keskin tanqidiga uçragandi.

 2016 yilda, Igor Dodon prezident etib tayinlanganida ham parlament Axborot va xavfsizlik xizmatini öz böysunuviga ötkazgandi. 2019 yil yozda sotsialistlar koalitsiyasi va Sandu bloki ovoz berişi natijasida xizmat prezident nazorati ostiga qaytarilgandi, ammo yana parlament ixtiyoriga ötkazildi.