“Hammamiz anglab turibmiz, tuzum parçalanmoqda va bosim hamda noroziliklar bosqiçidan keyin muloqot bosqiçi boşlanadi. Uşbu tuzum odamlari ularga öz xalqi bilan kuraşişdan köra muzokaralar stoli atrofiga ötiriş afzalroq böladigan vaziyatga tuşadilar. Köpçilik mendan bu davrda yetakçi bölişga tayyorligim haqida söraydi. Ha, rasman e'lon qilaman, ötiş davrida mamlakatga rahbarlik qilişga tayyorman”, deb aytgan Tixanovskaya öz videomurojaatida.

Tixanovskaya hozirgi maqsadi Belarus eng kam silsilalar bilan yangi saylovlarga kelişi uçun eng yaxşi ekspertlar va demokratik kuçlarni birlaştirişdan iboratligini aytgan.

Uning ta'kidlaşiça, muxolifatning Muvofiqlaştiruvçi kengaşi va Vakillar kabineti yangi saylovlarni ötkaziş konsepsiyasini, konstitutsiyaviy islohotlar loyihasini, kiçik va örta biznesga iqtisodiy yordam beriş va qöllab-quvvatlaş dasturini işlab çiqdi. “Biz tuzumga bosim ötkazişni davom ettirmoqdamiz va ötiş davrini yengillaştiriş va tezlaştiriş hamda hokimiyatni xalqqa qaytariş ustida işlamoqdamiz”, deb qöşimça qilgan muxolifatçi.   

Ayni vaqtda Tixanovskaya Litvada qolmoqda. U Belarusni 9 avgustda ötgan prezident saylovlaridan bir neça kun keyin tark etgan.