Dronning uzunligi 24 metrni, balandligi 5,5 metrni, qanotlari uzunligi esa 18 metrni taşkil qiladi. Qurilmada samolyot yonilğisi işlatiladi.
Ta'kidlanişiça, Ravn X har qanday ob-havo şaroitida uça oladi, detallarining 70 foizini esa köp marotaba işlatiş mumkin.
Dronning birinçi parvozi 2021 yilning oxirigaça amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Şundan keyin Aevum qurilmani AQŞ mudofaa vazirligi uçun orbitaga foydali yukni çiqarişda qöllamoqçi. Dronni işlab çiqqan mutaxassislar ğoyasiga köra, Ravn X öz missiyalari davomida sun'iy yöldoşlarga ega raketani orbitaga uçiriş uçun 9-18 km balandlikka kötariladi.
Ravn X’ning raketani uçiriş tizimi bortda uçuvçilar bölişini talab etmaydi va buning evaziga inson uçun xavfni töliq istisno qiladi.
Aevum’da ta'kidlanişiça, Ravn X dronlari floti kelgusida har 3 soatda fazoga yuklar yetkazişi mumkin.












