Sudyalar oliy kengaşi raisi Xolmömin Yodgorov asli ota-onasi bor bolalarning ham mehribonlik uyida tarbiyalanayotgani böyiça fikr bildirdi.

“Bu muassasalarda tarbiyalanayotganlarning asosiy qismining ota-onasi bor. Çin yetimlar barmoq bilan sanarli. Qonunlardagi böşliqlardan ota-onalar foydalanib qolyapti. Çunki mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisiga imtiyoz katta, bu yerda şaroit yaxşi, öqitiş yaxşi. Tugatgandan keyin uy-joy berilyapti, öqişga kiritib qöyilyapti. Aslida mehribonlik uyida agar u çin yetim bölmasa, bir yil saqlanişi kerak.

Şunday tarbiyalanuvçilarning bobo-buvisi, ota-onasini çaqirib gaplaşaman. Soğlom ekansiz, yordam beramiz, iş beramiz, farzandingizni olib keting desa, yöq, şu yerda tarbiyalansin deydi. Unda farzandlikka berib yuboramiz, desak ham qarşiman deydi”, dedi u Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasining 4 dekabr kuni ötkazilgan navbatdagi yiğilişida.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, komissiya yiğilişida mamlakatda çaqaloq savdosi bilan boğliq jinoyatlarning ortib borayotgani, buni keltirib çiqarayotgan sabablar muhokama qilindi. Ma'lum qilinişiça, mamlakatda farzand asrab olişga bölgan talab yuqori – sönggi uç yilda buning uçun 10 ming oila navbatga qöyilgan. Ammo mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarining aksarining ota-onasi borligi bois ularni farzandlikka berişning imkoni yöq.

Komissiya raisi Tanzila Norboyeva bolasini mehribonlik uyiga taşlab ketayotgan ota-onalar mas'uliyatsizligini tanqid qildi.

“Ota-onalar Rossiyaga işlagani ketayotib ham bir yilga bolasini mehribonlik uyiga taşlab ketiş holatlari bor. SOS bolalar mahallasining eşigi tagiga taşlab ketadi. Işlab qaytgunimizça qarab turişsin deydi. Biz esa bolani köçaga çiqarib yubora olmaymiz. Davlat boqadi, mayli. Lekin ota-onalik, qarindoşlik mas'uliyati qani?” – dedi Norboyeva.