3 dekabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Davlat geologiya qömitasi bölim boşliği Rasuljon Begmatov respublikadagi içimlik suvi zaxiralari hajmi haqida ma'lumot berdi. 

Qömita xodimining aytişiça, mamlakat hududidagi 97 ta yer konida 64 million kub metr umumiy suv zaxiralari mavjud.

«Dunyoda bölgani kabi respublikamizda ham suv resurslari çeklangan. Çuçuk suv umumiy suv resurslarining 8 foizini, içimlik suvlarining esa 67 foizini taşkil etadi.

Özbekistonda aholi içimlik suvi ta'minoti uçun 2019 yilda 161,4 ming kub metr/sutka, ya'ni 950 ming kişiga yetarli miqdordagi çuçuk suv zaxirasi tasdiqlangan. 2020 yilda bu körsatkiç yuqorilab, 193 ming kub metr/sutka, ya'ni 1 mln 140 ming kişiga yetarli suv zaxiralari tasdiqlanişi kutilmoqda.

Bugungi kunda aholi jon boşiga suvdan foydalaniş me'yori sutkasiga 115-240 litr bölib, bu dunyodagi örtaça körsatkiçdan past hisoblanadi. Misol uçun, Birlaşgan Arab Amirliklarida kuniga 700, Rossiyada 400, AQŞda 200, Germaniyada esa 130 litr suv sutkalik normani taşkil qiladi.

Respublika hududidagi 97 ta yer konida 64 million kub metr, ya'ni soniyasiga 700 tonna yerosti suvlari umumiy zaxiralari mavjud. Bular asosan Toşkent, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Andijon va Farğona viloyatlarida.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida örtaça suv zaxiralari bölsa, Qoraqalpoğiston va Xorazmda çuçuk suvlar deyarli mavjud emas.

Yerosti çuçuk suvlari respublika böylab teng tarqalmagani eng katta muammolardan», — dedi qömita rasmiysi.

Içimlik suvi tanqisligi böyiça körsatkiçlar yaqin yillarda oşib borişi taxmin qilinayotgani aytib ötildi.

«Yer şarining uçdan ikki qismi suvliklardan iborat. Buning 97 foizi şör suv, 3 foizi çuçuk suvdir. Şuning ham 2 foizi muzliklardagi suvlar hisoblanadi. 

Tahlillarga köra, 2025 yilga borib yer yuzidagi davlatlarning yarmidan köpida suv taqçilligi yuzaga keladi. 2050 yilga borib esa dunyo mamlakatlarining törtdan uç qismida suv taqçilligi kuzatilişi taxmin qilinmoqda.

Bunday şaroitda köproq tadqiqotlar ötkaziş, yangi dasturlarni işlab çiqiş talab etiladi. Şu bois, bugungi kunda «Özbekgidrogeologiya» DUK va uning 4 ta dala ekspeditsiyalari tomonidan gidrogeologiya yönalişidagi tadqiqotlar dasturlari işlab çiqilmoqda. Mamlakatning barça hududlarida yerosti suvlarini izlaş va baholaş böyiça geologik qidiruv işlari olib borilmoqda», — dedi qömita mas'uli.