Yerevan markazida miting va yuriş ötkazgan Armaniston siyosiy muxolifati kuçlari boş vazir Nikol Paşinyandan iste'foga çiqişni ultimatum tarzida talab qildi.
"Biz Paşinyan seşanba kuni (8 dekabr) soat 12:00gaça iste'foga çiqişini talab qilamiz. Agar u ketmasa, butun mamlakat böylab norozilik aksiyalarini boşlaymiz", - deb e'lon qildi "Daşnaksutyun" partiyasi vakili Işxan Sagatelyan.
Avvalroq Yerevandagi Ozodlik maydonida muxolifat tarafdorlari Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning iste'fosini talab qilib köpming kişilik mitingga çiqişdi.
«Bugun yangi şiorni e'lon qilamiz: "Armaniston xoin Nikolasiz"», — dedi mamlakat muxolif partiyasi vakili Gegam Manukyan.
10 noyabrda Toğli Qoraboğda öt oçişni töxtatiş töğrisidagi bayonot imzolanganidan buyon Armanistonda Paşinyanning iste'fosi talab qilingan miting va namoyişlar bölib ötmoqda. Bayonot şartlariga muvofiq, Qoraboğ hududining katta qismi Boku nazoratiga ötdi. Muxolifat uşbu kelişuvni Armanistonning taslim bölişi deb hisoblamoqda.












