ÖzFA Matematika instituti direktori, senator Şavkat Ayupovning fikriça, prufriding xizmatiga köp pul sarflaş noörin. U bunday servisni ilmiy sohadagi natijalarni «sun'iy oşirişga uriniş» deb hisoblamoqda.

Öz navbatida, innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu xizmatdan dunyo miqyosida foydalanilişi, şu yöl bilan özbek olimlari erişgan natijalarni xalqaro miqyosga olib çiqiş mumkinligini ta'kidladi.

Senator Şavkat Ayupov Senat qömitasining noyabr oyidagi yiğilişida uşbu mavzuga töxtalgan edi.

Şavkat Ayupov

«Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan mahalliy olimlarning xorijiy ilmiy naşrlardagi maqolalari sonini keskin oşirişga qaratilgan prufriding-servis xizmatini rivojlantiriş deb yozilgan bandi bor. Vazirlik Buyuk Britaniyaning «Springer Nature» naşriyoti bilan 100 ming dollarlik şartnoma imzolagan. Unga köra, naşriyot özbekistonlik olimlarning ilmiy maqolalarini xalqaro indekslangan, nufuzli ilmiy jurnallarda çop etiş böyiça uşbu xizmatni amalga oşiradi.

Bu nima degani? Prufriding-servis tayyor maqolani tahrir qilib beradi faqat. Mazmuni va ilmiy saviyasini kötarib bera olmaydi. Masalan, şu yilning özida 310 ta maqola örganib çiqilgan. Undan 27 tasigina saralab olinib, naşriyotga yuboriş lozim topilgan. Undan bor-yöği 16 tasi naşr qilingan.

Sababi, prufriding – bu korrekturani öqiş degan narsa xolos. Şuning uçun men öylaymanki, undan köra köproq ilmiy tomoniga e'tibor berilişi kerak. Şunça mablağ ketkazib, çet elda çiqarişni sun'iy kötariş kerak emas», – dedi Şavkat Ayupov Senat qömitasining noyabr oyidagi yiğilişida.

Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Şavkat Ayupovning yuqoridagi fikrlariga qöşilmasligini bildirdi.

kxJcU_KH9Mt76YBpKmffQQbocM8wXA5t.jpg (1000×563)
Ibrohim Abdurahmonov

Vazirning aytişiça, maqola yozgan olimning ilmi va maqolasining mazmuni salmoqli bölsa-da, ingliz tili qoidalariga töla javob bermasa, u çop etilmaydi.