Toşkent şahar prokurori Bahriddin Valiyev ommaviy qabullar haftaligi doirasida, Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Toşkentdagi yer ajratiş va quriliş işlari haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Toşkent şahrini olsangiz, juda köp qurilişlarga ruxsat berilib ketgan. Nazarimda, buni şahar hokimiga boğlaş notöğri böladi. Men buni örganib körganman.
Bilasizmi, quriliş qilayotgan fuqaro yerni bir maqsadda oladi, ikkinçi maqsadga işlatadi. Masalan, bir qavatli bino yoki ofis quraman, deydi. Keyin ikkinçi marta murojaat qiladi-da, 8-9 qavatli uy quraman deydi.
Bu yerda asosiy manfaat – tezda sotib, tezda boyiş. Şuni xohlaydigan, boşidan ğirromlik qiladigan odamlarimiz ham bor. Bunga yöl qöyib berayotgan mutaxassislarimiz ham yöq emas.
Prezidentimiz tadbirkorlikni qöllab-quvvatla, degan talabni qöyyapti. Biz ularni qöllab-quvvatlaymiz deb qança harakat qilyapmiz, ayrim tadbirkorlar esa bu sa'y-harakatlarimizdan notöğri foydalanyapti.
Buni şahar hokimining qarori desak, bu bitta odamga yoki bir guruh odamlarga boğliq bölib qolmayapti. Buning boşdan boş notöğri ketib qolgan joylari ham bor.
Biz şahar hokimi bilan gaplaşganmiz. Ularning ham fikri biz bilan bir xil – qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini ta'minlaş. Birorta noqonuniy joy berilib, ertaga buziliş darajasiga borişiga yöl qöymaslikka kelişib olganmiz», – deydi şahar prokurori.
Uning aytişiça, ayni paytda şahar prokuraturasi tomonidan 60ta holatda quriliş obektlarining qonuniy berilişi yuzasidan örganiş ötkazilmoqda.
«Bizga xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi tomonidan şahardagi 60 ta quriliş obektlarining qançalik töğri yoki notöğri berilganini örganib çiqiş böyiça xat kelib tuşgan.
Hozirça yarim qismini örganib çiqdik, qamrov juda katta. Kengaşga öz xulosalarimizni beramiz. Agarda noqonuniy deb topadigan bölsak, şahar hokimining qarorini bekor qiliş töğrisida protestlar keltirib boryapmiz», – dedi Bahriddin Valiyev.
Ma'lum qilinişiça, poytaxt prokuraturasi şahar hokimi qarori bilan berilgan quriliş obektlari yuzasidan 2019 yilda 14 ta, 2020 yilda 47 ta protest kiritgan.
















