Estoniya hukumati koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun kelayotgan haftadan yangi çeklov çoralari kiritadi. Bu haqda rus.postimees sayti xabar berdi.
Qayd etilişiça, 14 dekabrdan barça ta'lim muassasalari: maktablar, kasb-hunar bilim yurtlari hamda universitetlar yopiladi.
Barça öquvçilar masofadan ta'lim olişga ötadi. Bolalar boğçalari esa odatdagi tartibda işlaydi.
Şuningdek, 14 dekabrdan fan va sport tögaraklari faoliyati uç haftaga töxtatiladi. Çeklovlar professional sportçilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hukumat faoliyati töxtaşi natijasida eng köp zarar köradigan sohalarga pul kompensatsiyasi berişning qöşimça mexanizmlarini işlab çiqmoqda.
Bu keyingi kunlarda joriy etilayotgan ikkinçi çeklovdir. Avvalroq 5 dekabr kuni yangi çeklovlar kiritilgandi.












