Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya böyiça federal xizmatining («Rosselxoznadzor») rasmiy veb-saytida Özbekistonning Farğona viloyatida yetiştirilgan barça ösimlik mahsuloti importiga taqiq qöyilişi haqida ma'lumot berildi.
«Rosselxoznadzor» ta'kidlaşiça, Özbekiston tomoni bilan ötkazilgan muzokaradan söng, uşbu qaror qabul qilingan.
«1 tonna import qilingan quritilgan örik mahsulotining 1 kgda 2 ta liçinka şaklidagi kaper qönğizi topilgan. Uşbu zararkunanda Rossiyada yetiştiriladigan ösimlik mahsulotlari hosiliga jiddiy zarar yetkazişi mumkin. Şuningdek, mamlakat eksport salohiyatiga salbiy ta'sir qiladi. Şu sababli, «Rosselxoznadzor» Farğona viloyatida yetiştirilgan barça karantinli mahsulotlar importiga taqiq joriy etadi», — deyiladi xabarda.

Kun.uz manbasining ta'kidlaşiça, kaper qönğizi şu paytgaça Özbekiston hududida aniqlanmagandi.
Avvalroq, «Rosselxoznadzor» rasmiy veb-saytida Özbekistondan Rossiyaga qalampir va pomidor mahsulotlarining kirib kelişi uçun vaqtinçalik taqiq qöyilgani töğrisida xabar berilgandi.
Qayd etiş lozimki, «Tomato brown rugose fruit virus», ya'ni pomidorning jigarrang burişiş virusi ham şu paytgaça Özbekiston hududida aniqlanmagan.









