«Toşkent şahrida epidemiologik vaziyatning barqarorlaşayotgani inobatga olinib, koronavirusga çalingan va gumon qilingan bemorlarga muolaja uzluksizligini ta'minlaş va infeksiyaga qarşi kuraşga ixtisoslaşgan kuçlarning tarqoqligiga barham beriş maqsadida Yunusobod tumanidagi «Özekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilonlaridagi saralaş va taqsimlaş markaziga hamda «Universal» sport majmuasidagi saralaş va taqsimlaş markaziga koronavirusga çalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qiliş töxtatildi.

Bu muassasalarda davolanayotgan bemorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar şifoxonalariga köçiriladi. Uşbu vaqtinçalik şifoxonalarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan mehnat şartnomalari tegişli tartibda bekor qilinib, ular avvalgi iş joylariga qaytariladi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Ma'lum qilinişiça, hozirda Özbekistonda pandemiya xavfi nisbatan kamaygani tufayli koronavirusga çalingan bemorlarni davolaş bilan şuğullanadigan 159ta tibbiyot muassasasidan faqat 32tasi faoliyat yuritmoqda.

Vazirlikning sönggi ma'lumotiga köra, Özbekistonda koronavirusga çaliniş bilan boğliq holatlar soni 74 ming 352taga yetgan, şu vaqtgaça 71 ming 609 bemor kasallikdan tuzalgan (97 foiz), 600dan ortiq özbekistonlik koronavirus qurboni bölgan. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2132 nafar bemor davolanmoqda, şundan 177 nafari oğir, 34 nafari esa öta oğir ahvolda qolmoqda.