Hollivudning “Qora pantera” filmida boş rolni ijro etgan aktyor avgustda yöğon içak saratonidan 43 yoşida vafot etgandi. Uning vafot etgani ma'lum qilingan tvit e'lon qilinganining ertasi kuniyoq 5,7 mlndan köproq layk töplab, ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng ommaviy tvitga aylangandi.  

9 dekabr holatiga köra, uşbu tvit 3,1 mlnta retvit va 7,5 mlnta layk töplagan.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoq joriy yilda foydalanuvçilar tomonidan eng köp muhokama qilingan odamlar röyxatini tuzdi. Unda 1-örinni AQŞ prezidenti Donald Tramp egallagan. 2-örinni OAV tomonidan AQŞdagi 2020 yilgi prezident saylovlari ğolibi deb atalayotgan siyosatçi Jo Bayden, 3-örinni esa politsiya tomonidan hibsga oliniş vaqtida halok bölgan afroamerikalik Jorj Floyd egallagan.  

Twitter’da yilning eng ommaviy xeştegi #COVID19 bölgan. Bu borada 2-örinni Jorj Floyd ölimidan keyin ommalaşgan #BlackLivesMatter (Qora tanlilar hayoti muhim) xeştegi egallagan.