Futboldan 5 yilga chetlatilgan Ilhom Mo‘minjonov «Neftchi» bosh murabbiyiga aylanadi
Farg‘onada o‘tgan «Neftchi» - «Turon» (0:1) uchrashuvidan keyin yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng iste'foga chiqarilgan «Neftchi» bosh murabbiyi Abdusamad Do‘rmonov o‘rniga yangi bosh murabbiy ish boshlaydigan bo‘ldi.

Tribuna.uz manbasining ma'lum qilishicha, Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov «Neftchi» klubi bosh murabbiyi lavozimiga Ilhom Mo‘minjonov bilan kelishuvga erishgan. Murabbiy oldiga 2021 yilda «Neftchi» klubini barqaror jamoaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan. Superligaga o‘tish o‘yini «Neftchi» - «Andijon» bahsida Farg‘ona klubini yordamchi murabbiylar Xislat Chilmatov va Sergey Lebedov boshlab tushishi kutilmoqda, Mo‘minjonov esa diskvalifikatsiyasi muddati tugaydigan 2021 yilning yanvar oyidan rasman klubni qabul qilib oladi.
Murabbiy hozirga kelib Superliganing bir qator futbolchilari bilan muzokara o‘tkazgan. «Neftchi» jamoasi tartibsizliklar uchun uzoq muddatga chetlatilgan aksariyat futbolchilar bilan xayrlashadi va ularning o‘rniga yangi o‘yinchilar chaqiriladi.
Qayd etish joiz, Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi sifatidagi faoliyati davomida ham 2017 yilda Ilhom Mo‘minjonovni «Navbahor» klubi bosh murabbiyi sifatida tayinlagan va namanganliklar o‘sha mavsumda 5-o‘rinni egallashgandi.
Biroq ikki yillik faoliyatidan keyin Mo‘minjonov «Navbahor» futbolchilarini o‘yinni sotishga undagani uchun 2019 yilning aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan 50 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan va 5 yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgan edi. 2020 yilning 3 yanvarida esa «Surxon» futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan. Murojaat O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilgach, Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiya muddatini qisqartirgan va bu cheklov 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Shu tariqa Mo‘minjonovning 5 yillik diskvalifikatsiyasi 1 yil, 9 oy deganda yakuniga yetadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, «Qoraqalpog‘iston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish, «Orol» futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e'lon qilinib, 2021 yildan boshlab «Orol» jamoasining Superligada istisno tariqasida ishtirok etishini ta'minlash ko‘zda tutilgan. Natijada, 2021 yilgi Superliga ishtirokchilari soni bittaga ko‘payib, format sababli 16taga aylanadi. Liganing 16-jamoasi qaysi klub bo‘lishi hozircha noma'lum.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi
O‘zbekiston | 12:56
-
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi
Jahon | 12:36
-
Toshkentda tez yordam mashinasi va Spark to‘qnashdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
Mavzuga oid

16:50 / 18.10.2023
Chempionlik 22 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi? Bosh sovringa qaysi jamoa asosiy da’vogarligi haqida

10:15 / 29.09.2023
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi

22:12 / 20.09.2023
Turon cho‘llari YuNeSKO Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritildi

14:11 / 12.08.2023