10 dekabr kuni Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşeva va boşqalarga nisbatan sud jarayonlari davom ettirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Jarayonda COVID-19dan davolanayotib vafot etgan bemorning boşqa şifoxonaga köçirilişi bilan boğliq vaziyat yuzasidan sudlanuvçilar körsatma berişdi.
Sudda Yöldoşeva öz körsatmalarini rus tilida bayon qilmoqçi böldi. Lekin iş hujjatlari özbek tilida bölgani sababli sudda qatnaşuvçilarga tuşunarli bölişi uçun Yöldoşevaning körsatmasi keyingi sud majlisiga qoldirildi. Navbatdagi sud majlisida Yöldoşeva öz körsatmalarini tarjimon yordamida bayon qiladi.

Şundan söng sudlanuvçi – Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi infeksionist şifokori Şeyxnazar Rözmetov va şu şifoxona reanimatologi Jahongir Ziyodullayev koronavirusga çalingan bemor ölimi hamda unda Yöldoşevaning iştiroki böyiça öz körsatmalarini berişdi.

Şeyxnazar Rözmetov aybiga qisman iqrorligini aytib, bemorning dispanserga ötkazilişi töğrisida ruxsat borligini yuqumli kasalliklar şifoxonasidan Jahongir Ziyodullayev va Akmal A'zamov, dispanserdan esa boş şifokor örinbosari Faxriddin Yorbozorovlar orqali bilganini ta'kidladi.
Şuningdek, Şeyxnazar Rözmetov marhum Rustamovning kasallik tarixidan köçirma yozib berganini, marhumni boşqa şifoxonaga ötkazilişida Yöldoşevadan töğridan töğri buyruq olmaganini ham aytib ötdi.
Şundan söng karantin davrida Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida reanimatolog bölib işlagan, marhum Rustamovga qaragan Jahongir Ziyodullayevning körsatmalari tinglandi.

Uning aytişiça, marhum Rustamovning ahvoli yomonlaşgan, lekin şifoxonada doimiy ravişda psixiatr yetişmagan. Uning qöşimça qilişiça, marhumning dispanserga ötkazilişi böyiça ruhiy-asab kasalliklari boş şifokori bilan telefon orqali gaplaşib olgan. Ammo u marhumning boşqa şifoxonaga köçiriliş vaqtida kasalxonada bölmagani va bu jarayonda qatnaşmaganini ta'kidladi.












