Ozarboyjonda 12 dekabrdan boşlab harbiy holat rejimi bekor qilinadi. Mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tegişli farmonga imzo çekdi.

Ozarboyjonda 28 sentyabrda, Toğli Qoraboğda jangovar harakatlar boşlanganidan söng harbiy holat e'lon qilingandi.

27 sentyabr kuni tongda Toğli Qoraboğda Armaniston va Ozarboyjon örtasida harbiy töqnaşuvlar avj olgandi. Bu uruş har ikki mamlakat örtasida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan özaro qarama-qarşilikning eng jiddiysi böldi.

9 noyabrda Rossiya vositaçiligida uç tomonlama (Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon örtasida) kelişuv imzolandi va uruş töxtadi. Kelişuvni Ozarboyjon ğolib bölganining isboti sifatida qabul qildi va 10 noyabr mamlakatda ğalaba kuni sifatida nişonlanadigan böldi. Armaniston uçun esa kelişuv mağlubiyat sifatida baholandi.