Amerikaning Time jurnali «Yil odami» nomiga nomzodlar röyxatini e'lon qildi.

Röyxatga tört kişi kiritildi. Bular amerikalik siyosatçilar Donald Tramp va Jo Bayden hamda infeksionist Entoni Fauçidir. Şort-listdan şuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida insonlar hayotini qutqariş bilan şuğullangan tibbiyot xodimlari ham joy oldi.

Time jurnali 1927 yildan «yilning faxrli insoni»ni aniqlaşni yölga qöygan. Keyinçalik u «yil odami»ga özgardi. Mamlakat va butun dunyoga yil davomida eng köp ta'sir körsatgan şaxs yoki bir neça kişi «yil odami» deb e'lon qilinadi.

 2019 yilda şvetsiyalik maktab öquvçisi – ekolog-faol Greta Tunberg «yil odami» deb e'lon qilingan.

Avvalroq Time 15 yoşli ixtiroçini «yil bolasi» deb topgandi.