Ma'lum qilinişiça, favqulodda holat bahonasida pandemiyaning ilk 6 oyida hukumat koronavirus bilan boğliq 24 milliard AQŞ dollarlik şartnomalarni deyarli tendersiz berib yuborgan.

«2 milliarddan ortiq şartnomalar esa konservatorlar partiyasi bilan aloqasi bor kompaniyalarga taqdim qilingan. Buni layoqatsizlik deysizmi yo boşqa nom bilan ataysizmi, özingizga havola, biroq soliq tölovçilarning pulini işlatişga kelganda şaffoflik yetişmay qolayotgani aniq», deyiladi The Guardian naşri maqolasida.

Bu şartnomalar töğrisida qança köp ma'lumot yiğilsa, yiğilgan faktlarni birlaştiriş şunçalar qiyin keçdi. Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lord Bitel Lordlar palatasidagi çiqişida hukumat individual himoya vositalariga bölgan şoşilinç talab «norasmiy kelişuvlar»ga asoslanib qondirilişiga işonç bildirgani haqida aytdi. Ana şunday norasmiy kelişuvlardan biri lord Bitel va konservatorlar partiyasining donorlaridan biri Meller Dizayns örtasida bölib ötgan. Dizaynsning şirkati yaqinda konservatorlarga 84000 AQŞ dollari bergandi. Marks & Spencer kabi riteylerlarga uy va moda tovarlarini yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi bu kompaniya keyinroq qariyb 217 million dollarlik individual himoya vositalariga şartnomani qölga kiritgandi.

«Bu koronavirus bahonasida döstlarni «öylab» qölga kiritilgan yagona şartnoma emas. Ortga bir qadam taşlab, kartinaga özgaçaroq köz bilan qaralmasa, bu şartnomalarning ahamiyatini anglab oliş qiyin. Matematikani öqigan siyosatçi sifatida menda paydo bölgan ilk instinkt ma'lumotlarni bir-biriga boğlab çiqiş böldi.

Oxir-oqibat eng çalkaş törlarni ham tugunlarni ajratib oliş va ular örtasidagi boğliqlikni topiş orqali yeçiş mumkin. Tugunlarning bir neçtasini yeçişning özi ma'lumotlar tenglamasini yeçişga kifoya qildi. Xuddi detektiv serialidagi dalillar taxtasining hay-tek versiyasi kabi. Natija esa, eh-he deydigan darajada interaktiv jadval bölib qoldi.

Şu rakursdan qarasak, aloqalar törini körişimiz mumkin. Aytaylik, Lordlar palatasiga oksfordlik eski qadrdoni tomonidan «kötarilgan» konservatorlar partiyasining badavlat donori va sobiq raisi lord Feldman. U mart oyidan Soğliqni saqlaş vazirligida maslahatçi sifatida iş boşladi. Maoşsiz. U yiğilişlarda Oxford Nanopore kompaniyasi bilan iştirok etdi va kompaniya koronavirusga testlar yetkazib beriş böyiça şartnomalarga ega çiqdi. Oradan biroz muddat ötib, uning Tulchan Communications piar firmasi Oxford Nanopore bilan hamkorlik qila boşlagaç, Feldman hukumatdagi lavozimini tark etdi.