11 dekabr kuni Xivada Toş hovli saroyi devorining bir qismi özboşimçalik bilan buzib taşlangani haqida xabar berilgan edi.
Kun.uz muxbiri voqea joyida bölib, holat yuzasidan mas'ullardan izoh oldi. «Içan-Qal'a» davlat muzey-qöriqxonasi ilmiy kotibi Komiljon Xudoyberganovning ma'lum qilişiça, bino çökkani va devorning oğişi sabab ta'mirlaş işlarini zudlik bilan boşlaşga töğri kelgan.
«Devorni ta'mirlaş böyiça 2019 yilda loyiha hujjatlari qilindi, ammo ikki narsa ta'mirlaşni zudlik bilan boşlaşimizga sabab böldi. Birinçisi – devor parapeti (ikkinçi qavati) yuqori qismidan şarqiy tomonga qarab 20 santimetrgaça oğdi. Sönggi kunlarda bu jarayon yanada tezlaşdi. Tuşunişimça, yerosti suvining qoçib ketgani bunga sabab bölgan. Avvallari Içan-Qal'adagi quduqlarda 8-9 metr çuqurlikda suv bölar edi, hozir suv yöq. Ana şu yerosti suvlarining yöqligi köp yodgorliklarning çökişiga olib kelgan. Kaltaminorga borsangiz, u yerda ham yodgorlik çökib borayotganiga guvoh bölasiz.


Devor ta'mirini hozir boşlaganimizga ikkinçi sabab – ayni vaqtda sayyohlar va ötkinçilarning kamligi. Xudo saqlasin, devor birovning ustiga yiqilib ketadigan bölsa, uning tagidan olib çiqib bölmaydi.
Şuning uçun hozir ilmiy asoslangan reja asosida va nazorat ostida ta'mirlaşni boşladik. Lekin albatta, devorni ta'mirlaş uçun qaysidir qismini buzişga töğri kelardi. Rejamizga köra, devordan olingan ğiştlar butunligiça öz örniga qaytarib teriladi. Natijada, biz devordagi oğişni bartaraf etamiz va uni tik holiga keltiramiz. Devorni buzişdan maqsad şu edi. Bu yerda boşqaça şov-şuvlarga hojat yöq», – dedi u.

Şuningdek, Komiljon Xudoyberganov devor ta'miri böyiça loyiha va smeta hujjatlari ilmiy kengaşdan ötkazib berişi uçun şu yil avgustda Madaniyat vazirligiga berilgani, ammo oradan 4 oy ötsa-da, biror javob bölmagani, vaziyat oğirlaşib ketganidan söng bu işlarni boşlaşga majbur bölişganini bildirdi. Bundan taşqari, ta'mirlaş işlaridan Madaniyat vazirligi qoşidagi Madaniy yodgorliklarni ta'mirlaş, saqlaş departamenti Xorazm viloyat bölimining xabari borligi, ular tomonidan ruxsatnoma berilgani ham ma'lum qilindi.











