Ta'kidlanişiça, Armaniston bilan asirlarni “barçani barçaga” tamoyili asosida almaşiş böyiça kelişuvga erişilgan. Kelişuv nafaqat oxirgi oylarda Toğli Qoraboğdagi ixtilof davomida asirga olinganlarga, balki avvalroq asirga tuşganlarga ham amal qiladi.

Bokuga samolyot bilan Armaniston tomonidan asirda uşlab turilgan ozarboyjonliklar, jumladan 2014 yildan beri Yerevan tomonidan uşlab turilgan Şahboz Guliyev va Dilgam Askerov yetkazilgan.

“Ozod etilganlar tegişli karantin çoralari ötkazilgandan keyin oilalari bilan körişa oladilar”, deyilgan xabarda.  

Bokuda ta'kidlanişiça, Ozarboyjon asirlar, garovga olinganlar va halok bölganlar jasadlari bilan almaşiş böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarişni davom ettiradi.