Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi axborot xizmati xabariga köra, inson kamoloti töğrisidagi uşbu hisobot BMTTD tomonidan 1990 yildan boşlab naşr etib kelinayotgan bölib, Özbekistonning körsatkiçlari 1993 yildan buyon qayd etib kelinmoqda.

Hisobotning inson kamoloti indeksi inson taraqqiyoti yölida 3ta asosiy omillar - uzoq va soğlom hayot keçiriş, bilim oliş hamda munosib turmuş darajasi böyiça e'lon qilinadigan statistik ma'lumotlar töplami hisoblanadi.

Özbekiston joriy hisobotda dunyoning 189 mamlakati içida indeks qiymati 0,720 (maksimal indeks qiymati 1,000) bilan 106-örinni egallab, 2019 yildagi hisobot natijalariga nisbatan ikki öringa kötarildi. 

Özbekistonning natijalari quyidagiça:

aholining tuğilganda kutilayotgan umr köriş davomiyligini belgilaydigan indeks 71,7 yilni taşkil etadi (+0,1 yil ösiş);

ta'lim indeksida ta'limning örtaça davomiyligi 11,8 yil (+0,3 yil ijobiy özgariş) va kutilayotgan ta'lim davomiyligi 12,1 yilni (+0,09 yil ijobiy özgariş) taşkil etgan;

xarid qobiliyati pariteti böyiça aholi jon boşiga YaMD miqdori 7142 dollarni taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 680 dollarga ösgan.

Ma'lumot uçun, inson kamoloti indeksining 2020 yilgi hisobotida 2019 yil yakunlari tahlil qilinadi.

Pandemiyaga qarşi kuraşiş uçun qabul qilingan çeklovlarga qaramay, joriy yil yanvar-sentyabr oylarida mamlakatda yalpi içki mahsulotning ösişi 0,4 foizni taşkil etdi. Boşqa rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ijobiy ösiş kuzatilayotgan bölib, yil yakuniga borib iqtisodiy ösiş 1,4 foizni taşkil qilişi kutilmoqda.