Telegrammada Putin saylangan prezidentga katta muvaffaqiyatlar tilagan hamda global xavfsizlik va barqarorlik uçun alohida mas'uliyatni zimmasiga olgan Rossiya va AQŞ özaro kelişmovçiliklarga qaramasdan, hozirda dunyoda yuzaga kelgan köplab muammolar va çaqiriqlarni hal qilişga hissa qöşişga qodirligiga işonç bildirgan.

Rossiyaliklar yetakçisi «özaro aloqalar va hamkorlik»ka tayyor ekanini qayd etgan.

14 dekabr kuni saylovçilar hay'ati köpçilik ovoz bilan demokrat Jo Baydenni AQŞ prezidenti saylovlarining ğolibi deya tasdiqladi. Baydenga 306 saylovçi, Trampga 232 saylovçi ovoz berdi. Ğalaba uçun 270ta ovoz yetarli edi. 2021 yilning 6 yanvarida bu natija Senat va Vakillik palatasining qöşma majlisida tasdiqlanadi. 20 yanvar kuni saylangan prezidentning inauguratsiya marosimi ötkaziladi.

AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp şu vaqtgaça mağlubiyatini tan olmagan va saylovlarda ommaviy soxtalaştirişlar röy berganini aytib, sudlarga murojaat qilgan. Uning huquqşunoslari sudlarga önlab turli da'volar bilan murojaat qilib, ovozlarni qayta sanaş yoki natijalarni bekor qilişni talab qildi. Sudlar ulardan ba'zilarinigina qondirdi, ammo bu saylov natijalariga ahamiyatli ta'sir körsatmadi.

Putin şoşilmadi

AQŞda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni ötkazilgandi. 7 noyabr kuni Amerikadagi nufuzli naşrlar Jo Baydenning ğalabasi haqida e'lon qila boşlaşdi. Köplab dunyo rahbarlari öşa kuniyoq Baydenni saylovda ğalaba qozongani munosabati bilan tabriklaşgandi, ammo Kremldagilar rasmiy natija e'lon qilinmagunça tabrik yöllaşga şoşilmadi.

9 noyabr kuni  Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida Vladimir Putin ovoz beriş natijalari rasman e'lon qilingandan söng AQŞning saylangan prezidentini saylovlardagi ğalabasi bilan tabriklaşini ma'lum qildi.

«Putin AQŞning saylangan prezidentini ğalaba bilan tabriklaşi haqidagi savolingizni oldindan bilgan holda, men quyidagilarni aytmoqçiman: biz saylov natijalarining rasmiy e'lon qilinişini kutiş töğri deb bilamiz», degandi u.

Kreml vakili Putin tört yil avval Putin yakuniy natijalarni kutmasdan Donald Trampni ğalabasi bilan tabriklagani haqidagi savolga ham javob bergandi: «Farqi yaqqol körinib turibdi. Hozirda amaldagi prezident tomonidan e'lon qilingan muayyan huquqiy protseduralar bor. Şu sababli rasmiy e'lonni kutişni töğri deb bilamiz», degandi prezident matbuot kotibi.