«Jizzax real qurilish ta’mir» korxonasi rahbari Şuhrat Sotvoldiyev haqini 1,5 yildan beri ola olmay kelgan, 11 dekabr kuni oçiq xat bilan çiqib, 15 dekabrda Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi binosi oldida oçlik e'lon qilmoqçi ekanini ma'lum qilgandi.

Bu muddatdan bir kun oldin – 14 dekabr kuni Yoshlar ittifoqi tadbirkor bilan kelişuvga erişganini xabar qildi.

Şuhrat Sotvoldiyevning xabarda ilova qilingan videoda aytişiça, «Yoshlar qurilish invest» MÇJ hamda «Jizzax real qurilish ta’mir» MÇJ örtasida «Kelişuv bitimi» imzolangan. Yangi bitimga köra, tadbirkorning xarajatlari 14,3 milliard sömdan 11,4 milliard sömga tuşirilgan.

«Bugun uşbu hujjatlar asosida Yoshlar ittifoqi markaziy Kengaşi va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan 3,6 milliard sömlik mablağlar qoplab berildi. Buning uçun ularga minnatdorçilik bildiraman, endi 300dan ortiq işçi xizmatçilar öz iş haqlarini oladigan böldi.

Bu holat böyiça ijtimoiy tarmoqlarga çiqişimni maslahat berganlar ham bölgan edi. Asosiysi, masala yeçildi. Özbekiston Yoshlar ittifoqidan heç qanday da'vo e'tirozim yöq», – deydi tadbirkor Şuhrat Sotvoldiyev.

Kun.uz qonuniy kuçga kirgan kelişuv bitimi nusxasini söraganida, Yoshlar ittifoqi matbuot kotibi ertaga taqdim etilişini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, uşbu masala yuzasidan şu yil may va noyabr oylarida Kun.uz'da tanqidiy maqolalar e'lon qilingan edi. Foyda bölmagaç, undiruvdan umidi sönayotgan tadbirkor 11 dekabrda oçiq xat bilan çiqib, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi binosi oldida oçlik e'lon qilmoqçi ekanini bildirgandi.

«Ittifoq pulimni sönggi tiyinigaça bermaguniça ovqat ham yemayman, suv ham içmayman. Ortimda turgan 300dan oşiq oilalar haqi-hurmati bu nohaqliklardan ölimga ham tayyorman», – deb yozgan edi Şuhrat Sotvoldiyev oçiq xatida.