Jizzax şahridagi Yoshlar innovatsion markazini quriş va rekonstruksiya qiliş bilan şuğullangan «Jizzax Real qurilish ta'mir» korxonasining 9 milliard sömga yaqin haqi Yoshlar ittifoqi tomonidan 1,5 yildan beri tölab berilmayapti.

Kun.uz bu haqda may va noyabr oylarida tanqidiy maqolalar e'lon qilgan edi. Yoshlar ittifoqi masala hal etilişini ta'kidlab bayonot bergan.

Ayni paytda, undiruvdan umidi sönayotgan tadbirkor Şuhrat Sotvoldiyev tahririyatga yöllagan xatida joriy yil 15 dekabr kuni Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi binosi oldida oçlik e'lon qilmoqçi ekanini ma'lum qildi.

Maktub Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisi Akmal Jumaboyevga, Özbekiston Boş prokuraturasiga, Milliy teleradiokompaniyaga hamda Özbekistondagi yirik internet naşrlari va blogerlarga ham yuborilgan.

«Men muhtaram Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriği va Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov tasdiqlagan hujjatga işonib, Yoshlar ittifoqi uçun Jizzax viloyatida 14 mlrd 343 mln sömlik binoni deyarli yonimdan qurdim. Şundan salkam 9 mlrd sömini hali olganim yöq. Yoshlar ittifoqining rahbarlari meni bir yarim yildan beri sarson qilib, adoyi tamom qildi. Bor-budimdan ayriliş arafasida turibman. Özimni özim öldiriş darajasiga yetib keldim.

Şu yil 15 dekabr kuni tongda Özbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengaşi binosi oldida oçlik e'lon qilaman. Ittifoq pulimni sönggi tiyinigaça bermaguniça ovqat ham yemayman, suv ham içmayman. Mening ortimda turgan 300dan oşiq oilalar haqi-hurmati bu nohaqliklardan ölimga ham tayyorman.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari, blogerlar, Sizlardan iltimos!

Meni aldab har kuyga solib kelayotgan Yoshlar ittifoqi rahbarlarining qilmişlarini hamma körib qöyişi uçun uşbu jarayonni yoritsangizlar, toki aholining 60 foizini taşkil etuvçi yoshlar firibgarlar va birovning haqidan qörqmaydigan şaxslar ortidan ergaşayotganini bilib qöyişsin!