Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i to‘rt oyda 4 mlrd dollardan ortiq mablag‘ini xayriya uchun sarfladi
Dunyoning eng boy kishisi Jyeff Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skott to‘rt oy ichida 4,1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ini xayriya uchun sarfladi. U bu haqda o‘z blogida yozdi.
Skott pullarini koronavirus pandemiyasi davrida amerikaliklarga yordam ko‘rsatayotgan 384ta tashkilotga o‘tkazgan.
Endilikda Skottning boyligi 55,1 mlrd dollarga baholanmoqda, deb yozadi Forbes. U dunyoning eng boy ayollari reytingida L'Oreal egalaridan biri Fransuaze Betankur-Mayyers (72,3 mlrd dollar) va Walmart supermarketlar tarmog‘i asoschisining qizi Elis Uoltondan (68 mlrd dollar) keyin uchinchi o‘rinda turibdi.
Makkenzi Skott «pullarini jadal sur'atlarda tarqatmoqda», deya qayd etadi Bloomberg. Yarim yil avval u xayriya maqsadlari uchun 1,7 mlrd dollar ajratganini e'lon qilgandi. Skottning yozishicha, u o‘z jamoasidan boyligini qanday qilib tezroq tarqatishi mumkinligi ustida bosh qotirishni so‘ragan.
Skott 2019 yilda Bezos bilan ajrashganidan keyin Amazon kompaniyasining 25 foiz ulushini qo‘lga kiritgan. O‘shanda bu paket 36 mlrd dollarga teng edi. U boyligining kamida yarmini xayriya maqsadlariga sarflashga va'da berib, The Giving Pledge xayriya loyihasiga qo‘shilgan.
Bezosning o‘zi esa yil boshida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga 10 mlrd dollar ajratishini aytgandi. U noyabrda 16ta tashkilotga 791 mln dollar berdi.
Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
10:36 / 25.08.2025
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi
20:18 / 08.05.2025