Kun.uz muxbiri xabar berişiça, 15 dekabr kuni bölib ötgan xalq deputatlari Qarşi tuman kengaşining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi Maqsuda Mustafoyevaning tuman aholisiga murojaat qilişi reja qilingan edi. Ammo sessiya işida tuman hokimi qatnaşmagan va uning örniga örinbosari Sardor Abdullayev aholiga murojaat qilgan.
Qarşi tuman hokimining sessiyada qatnaşmagani ijtimoiy tarmoqda muhokamalarga sabab bölgaç, tuman hokimligi axborot xizmati Maqsuda Mustafoyevaning betobligi tufayli sessiyada qatnaşa olmaganini ma'lum qilgan.
«Bugun 2020 yil 15 dekabr kuni tuman hokimligida bölib ötgan VI çaqiriq 23-sessiyada Qarşi tuman hokimi M. Mustafoyeva iştirok etmaganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Tuman hokimi M.Mustafoyeva betobligi tufayli Özbekiston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»gi qonunning 6-, 21-moddalariga muvofiq, 2020 yil 14 dekabrdan 20 dekabrgaça uning zimmasidagi vazifalarni vaqtinça bajariş tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari S.Abdullayev zimmasiga yuklatilgan.
Tuman hokimining 2020 yil 14 dekabrdagi 139-sonli farmoyişi ham çiqarilgan. Sessiya işi davomida bu farmoyiş iştirokçilarga öqib eşittirildi. Sessiya belgilangan tartibda e'tirozlarsiz ötdi. Vazifalar me'yorlarga mos ravişda belgilab olindi», deyiladi tuman hokimligi ma'lumotida.
- Maqsuda Mustafoyeva 2020 yil 4 mart kuni Qarşi tumani hokimi etib tayinlangan edi. U internetda şu yilning yozida Sulton Tex Group işidagi iştiroki tufayli ham tanilgandi.












