«Bugun Respublika prezidentining COVID-19’ga topşirgan testi natijasi musbat natija berdi. Bu PZR-test orqali tasdiqlandi», — deya aniqlik kiritilgan Yelisey saroyida 

Amaldagi sanitar qöllanmalarga köra, davlat rahbari bir hafta davomida özini ihotalaydi. U masofadan turib işlaşda davom etadi.

Xabarlarga köra, Fransiya boş vaziri Jan Kasteks ham şu kunlarda prezident bilan uçraşgani tufayli bir haftalik karantinga yöl oladi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, pandemiya davrida Fransiyada koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq 2 mln 465 126 holat qayd etilib, bemorlarning 59,4 ming nafari halok bölgan.

Şu vaqtgaça dunyodagi rahbarlar orasida AQŞ prezidenti Donald Tramp, Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Polşa prezidenti Anjyey Duda, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin COVID-19’ni boşdan keçirişdi.